- Bosh sahifa
- Case study
- Asiastore Operators Bot
Asiastore Operators Bot
Telegram bot
Operatorlar uchun buyurtma va sotuv hisobotlarini Telegram orqali yig‘ish, guruhlarga yuborish hamda Google Sheets’da saqlash tizimi.
- Hujjat
- № IS-005/5
- Sana
- 10.10.2026
Ish yig‘majildi
Vazifa · Yechim
Vazifa
Telefon va messenjer orqali buyurtma oladigan operatorlar hisobotni turli joyga yozardi. CRM yoki POS tizimi bo‘lmagan kichik savdo jamoasi uchun bu tartibsizlik edi.
Yechim
Bot operator hisobotini bitta shablon bo‘yicha qabul qiladi, Telegram guruhiga yuboradi, SQLite’da saqlaydi va Google Sheets’ga kunlik varaqlar bo‘yicha yozadi. Bu to‘liq CRM emas, balki jamoa uchun yagona hisobot tizimi.
Modullar
| № | Modullar | Tavsif |
|---|---|---|
| 01 | Ro‘yxatdan o‘tish | Maxfiy parol, ism va guruh tanlash; admin xodimni bloklashi yoki guruhini o‘zgartirishi mumkin. |
| 02 | Hisobot yuborish | Hudud, shablon, mahsulot surati, tasdiqlash yoki tahrirlash. |
| 03 | Google Sheets | Toshkent shahri, viloyatlar va “ALL DATA” uchun kunlik varaqlar; yo‘q varaq sarlavhalari bilan avtomatik yaratiladi. |
| 04 | Mening savdolarim | Operator bugungi savdolarini ko‘radi. |
| 05 | Admin panel | Guruh va mavzular, Sheets ulanishi va testi, statistika, xabar tarqatish, adminlar. |
Hisobot yo‘li
- /start
- Ro‘yxatdan o‘tish
- Hudud va shablon
- Surat va tasdiq
- Telegram guruhi
- SQLite
- Google Sheets
Texnologiyalar
- Python
- aiogram 3
- SQLite
- Google Sheets API
- Google Drive API
- gspread
Texnik izohlar
- Hisobotda 14 ustun bor: mijoz, telefonlar, mahsulot, yetkazish turi, manzil, shartnoma sanasi, summa, sotuvchi va boshqalar.
- Google Sheets’ga xizmat hisobi (Service Account) orqali ulanadi.
Loyihangizni raqamlashtirishga tayyormisiz?
CRM, internet-do‘kon, Telegram bot yoki biznes avtomatlashtirish bo‘yicha g‘oyangiz bo‘lsa, men bilan bog‘laning.
- Hujjat
- № IS-010
- Sana
- 10.10.2026
Ariza
Telegram orqali bog‘lanish (yangi oynada ochiladi)WhatsApp (yangi oynada ochiladi)GitHub (yangi oynada ochiladi)LinkedIn (yangi oynada ochiladi)Instagram (yangi oynada ochiladi)
Eng tez aloqa — Telegram.
Hayotbek Ismoilov
Topshirdi · imzo
Siz
Qabul qildi · imzo